Dzyudo. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

  • 25 noyabr, 2022, 21:47
  • 0
  • Dzyudo

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati poyoniga etdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlarida og‘ir vazn toifasidagi sportchilar ishtirokida bahslar o‘tkazildi. Shubhasiz, eng qiziqarli bellashuv +100 kg vazn toifasining finali bo‘ldi. Unda Alisher Yusupov hamda Muhammadkarim Xurramov to‘qnash kelishdi. Qiziqarli bellashuvda Yusupov vazari bahosi bilan ustun keldi. Batafsil:

Erkaklar, -100 kg:
1. Shermuhammad Jandreev (Surxondaryo)
2. Chingiz Shokirov (Samarqand)
3. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent vil.)
3. Otabek To‘raboev (Surxondaryo)

+100 kg:
1. Alisher Yusupov (Xorazm)
2. Muhammadkarim Xurramov (Samarqand)
3. Shohruh Baxtiyorov (Toshkent sh.)
3. Shohruh Mamarasulov (Surxondaryo)

Ayollar, -78 kg:
1. Farangiz Xolmurodov (Qashqadaryo)
2. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)
3. Shahlo Egamberdieva (Xorazm)
3. Feruza Xo‘rozova (Toshkent sh.)

+78 kg:
1. Mohinur Farmonova (Qashqadaryo)
2. Fotima Quramboeva (Xorazm)
3. Mohlaroyim Tuxtamisheva (Toshkent sh.)
3. Saneayin Erkinboeva (Surxondaryo)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!