Dzyudo. Terma jamoamiz a’zolari Masters musobaqasidagi raqiblarini bilib olishdi

  • 19 dekabr, 2022, 19:17
  • 0
  • Dzyudo

Ertaga Isroilning Ierusalim (Quddus) shahrida dzyudo bo‘yicha Masters seriyasiga kiruvchi musobaqa start oladi. Yilning eng so‘nggi musobaqasida har bir vaznning eng kuchli 36 nafar sportchisi ishtirok eta oladi xolos.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 17 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Bugun musobaqadan avval bellashuvlarga qur’a tashlandi. G‘olibga 900 reyting ochkosini taqdim qiluvchi mazkur musobaqani hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – David Pulkrabek (Chexiya)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Xuan Postigos (Peru)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Alberto Gaitero (Ispaniya)
-73 kg: Shahram Ahadov – Abdul Malik Umaev (Belgiya)
-73 kg: Obidxon No‘’monov – Aleksandru Raisu (Ruminiya)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Joan-Benjamin Gaba (Frantsiya) / Igor Vandtke (Germaniya)
-73 kg: Hikmatilloh To‘raev – Daniyar Shamshaev (Qozog‘iston)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Dominik Ressel (Germaniya)
-90 kg: Davlat Bobonov – Didar Xamza (Qozog‘iston) / Klen Kaljulayd (Estoniya)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev – Onise Saneblidze (Gruziya)
-100 kg: Otabek To‘raboev – Kayl Rays (Kanada)
+100 kg: Alisher Yusupov – Kristian Konoval (AQSh) / Marti Pumalaynen (Finlyandiya)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Eney Marinich (Sloveniya)

Ayollar:
-52 kg: Sida Qadamboeva – Anjelika Delgado (AQSh)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Fabian Koxer (Shveytsariya) / Erin Jung (J.Koreya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Elizavet Teltsidou (Gretsiya)
-70 kg: Shohista Nazarova – Evi Marie Gaxe (Frantsiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!