EChL. Bugun so‘nggi chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

Chempionlar ligasida ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Unda "Borussiya" va PSJ o‘zaro kuch sinashadi.

Endi navbat ikkinchisini aniqlashga. Buning uchun "Manchester Siti" - "Real" va "Bavariya" - "Arsenal" uchrashuvlaridagi g‘oliblar ma’lum bo‘lishi kerak. Bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da ikkita bahs ham start oladi. Dastlabki o‘yinlarda durang natijalar qayd etilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, yarim final bahslari 1 va 8 may kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
17/04/2024 12:24
Бос Реал олга ажойиб уйин булади х/х