Evropa chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvlari nihoyasiga etdi.

Unda jamoalar gollarga boy o‘yinlar guvohi bo‘ldi. Mazkur bellashuvlar yakuniga etganidan so‘ng UEFA rasmiy sayti haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "Real"ga qarshi super gol urgan Fil Foden, "Bavariya"ga qarshi yorqin o‘yin namoyish etgan Martin Edegor ushbu ro‘yxatdan joy olgan. Shuningdek, PSJ bilan kechgan to‘qnashuvda dubl muallifi bo‘lgan Rafinya va "Borussiya"ning mag‘lub etilishida katta hissa qo‘shgan Antuan Grizmann ham eng yaxshi degan nom uchun kurashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!