EChL. Noyer musobaqaning eng yaxshi darvozaboni(mi?)

Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Arsenal" bahsida myunxenliklar minimal hisobda zafar quchishdi. Mazkur o‘yinda nemislar posboni Manuel Noyer o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 

Shu tariqa, darvozabon musobaqadagi quruq o‘yinlari sonini 58 taga etkazib qo‘ydi. Bu natija uchun 138 ta o‘yinda maydonga tushishi etarli bo‘ldi. 

Undan oldingi eng yaxshi natija ispaniyalik Iker Kasilyasga tegishli edi. Afsonaviy darvozabon 177 bahsning 57 tasida raqiblarning gol urishiga yo‘l qo‘ymagan. 

Kuchli uchlikka Italiya "yarim jamoasi" Janluiji Buffon yakun yasagan. 124 ta uchrashuvda maydonga tushgan "Jiji" 52 bellashuvni gol o‘tkazmasdan yakunlagan. Nima deb o‘ylaysiz, musobaqaning eng yaxshi darvozaboni degan nomga uch darvozabondan qay biri ko‘proq munosib? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!