Eddi Xirn Artur Beterbiev va Kallum Smit o‘rtasidagi jangda kim g‘alaba qozonishini aytdi

  • 27 iyun, 2023, 11:45
  • 0
  • Boks

"Matchroom” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn britan bokschisi Kallum Smitning (29-1, 21 KO) rossiyalik Artur Beterbiev (19-0,19 KO) ustidan g‘alaba qozonishiga ishonchi komil.

Men Kallum Smit Artur Beterbievni mag‘lub etishiga ishonaman. Agar u haqiqatdan ham buni uddalay olsa, Dmitriy Bivol bilan jang tashkil qilish juda oson bo‘ladi”, - dedi promouter Eddi Xirn.

Eslatib o‘tamiz, Artur Beterbiev va Kallum Smit o‘rtasidagi jang 19 avgust kuni Kanadaning Kvebek shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!