Eddi Xirn: "Bu jang kechasi O‘zbekiston hamda “Matchroom” uchun juda muhim voqelikdir"

  • 16 mart, 2021, 11:21
  • 0
  • Boks

3 aprel kuni Toshkentda tashkil etilayotgan O‘zbekiston professional boksi uchun tarixiy jang kechasi borasida turli xil fikrlar bildirilmoqda. Jumladan ushbu jang oqshomining asosiy tashkilotchilaridan biri Eddi Xirn ham "Matchroom boxing" mediasiga o‘z mulohazalarini bayon etdi. 

- Bu jang kechasi O‘zbekiston hamda “Matchroom” uchun juda muhim bo‘lgan voqelikdir. Chunki, “Matchroom” ham o‘zining global kengayishini davom ettirmoqda. Uzoq yillardan buyon o‘zbekistonlik bokschilar havaskor yo‘nalishda etakchilardan bo‘lib kelgandi. Endi esa ular professional boksda ham o‘zlarini ko‘rsatmoqda. Buning uchun Amerika “bozor”iga kirish kerak bo‘lardi. Vaholanki, ular hozir o‘z yurtlarida super yulduzlarga aylanib ulgurgan. Shuning uchun o‘z yurtlarida shunday tarixiy boks kechasini o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!