Eddi Xirn: "Kanelo" gap-so‘zsiz P4P etakchisi

  • 3 mart, 2021, 22:25
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, jahonning birinchi raqamli boks yulduzi bo‘lib turgan Saul Alvares so‘nggi jangida turkiyalik da’vogan Avni Yildirimga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi. Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng,  meksikalik bokschi bilan 2 ta jangga shartnoma imzolagan "Matchroom" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn  o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Saul Alvares gap-so‘zsiz P4P etakchisidir va u eng zo‘rlar bilan jang qilishda davom etadi. Men qariyb 35 yildan beri sport ichidaman. Menga "Kanelo" atrofidagi muxlislar yoqadi. Chunki, unga yaqin darajali bokschini hali ko‘rganim yo‘q. Men uchun Entoni Joshua 1-raqamli bo‘lib qoladi. Ammo u, Saul Alvaresga qarab, bu yigit shubhasiz etakchi, degan edi."-dedi Eddi Xirn.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!