Eddi Xirn nima uchun Toshkentga kelmadi?

  • 2 aprel, 2021, 23:58
  • 0
  • Boks

Ma’lumki, 3 aprel kungi jang oqshomi "Matchroom" kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Ammo kompaniya rahbari Eddi Xirn Toshkentga tashrif buyurgani yo‘q. Biz shu va boshqa qiziqtirgan savollar bilan Xirnning yordamchisi Frank Smitga murojaat qildik.

- O‘zbek bokschilari haqida nima deya olasiz, ular chempionlik kamarlarini qo‘lga kirita oladimi?

- O‘zbekistonda nafaqat eng zo‘r havaskor bokschilar balki, yaxshi professionallar ham etishib chiqmoqda. Biz "Mir Boksa" va Vadim Kornilov bilan bilan birgalikda ishlab, jahon chempionlik kamarlari uchun janglar tashkil qilib berish harakatidamiz. Biz bu erda jang oqshomi tashkil qilishni intiqlik bilan kutayotgan edik. "Matchroom" global kengaymoqda va O‘zbekiston uning asosiy katta qismlaridan biridir.

- Aytingchi, nima uchun Eddi Xirn bu erga tashrif buyurmadi?

- U hozir Joshua va Fyuri o‘rtasidagi jangni tashkil qilish yuzasidan juda ko‘p xizmat safarlarida bo‘lmoqda. Bu erda barcha tashkiliy ishlar o‘z joyiga qo‘yilgan va Eddi bokschilarga omad tilab yubordi. Keyingi safar u ham tashrif buyuradi.

- "Matchroom" kelajakda yana qaysi o‘zbek bokschilari bilan shartnoma qilishni reja qilgan?

- Boya takidlab o‘tganimdek, biz "Mir Boksa" bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz. O‘zbek bokschilari haqida Vadim Kornilov bilan ko‘p suhbat olib boramiz. O‘zbekistonda bu borada katta o‘sish bor. Yaqinlashib kelayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida bir qancha bokschilarini kuzatishni maqsad qilganmiz.

- Suhbat uchun rahmat!

- Sizlarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman!

Jalol Ahmedov suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!