Endi Ruisning navbatdagi raqibi ma’lum

  • 14 avgust, 2020, 15:28
  • 0
  • Boks

Superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Endi Ruis o‘zining navbatdagi jangini Kris Arreolaga qarshi o‘tkazadi. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, tomonlar jang bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Jang qachon va qaerda bo‘lishi hali aniq emas. Rejaga ko‘ra, jang 2020 yil oxiriga mo‘ljallanmoqda.

Endi Ruis ( 33-2, 22KO) 2019 yil iyul oyida 3 yo‘nalish chempioni Entoni Joshuani sensatsion tarzda nokautga uchratib, barchani lol qoldirgan edi. Shu yilning o‘zida bo‘lib o‘tgan revansh jangida esa, Ruis ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan va Joshua kamarlarni qaytarib olgandi.

Kris Arreola ( 38-6-1, 33 KO)  2016 yilda Deontay Uaylderdan mag‘lubiyatga uchragach, Maurenzo Smit va Jan Augustin ustidan g‘alaba qozondi. 2019 yilning avgust oyida bo‘lgan Adam Kovnatskiyga qarshi jangda esa ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!