Eng zo‘r golni Ronaldu urgan! (foto)

  • 15 fevral, 2023, 09:02
  • 0
  • Futbol

“Real” va Belgiya terma jamoasi futbolchisi Eden Azar o‘zi ko‘rgan gollar ichida eng zo‘ri Krishtianu Ronalduga tegishli ekanini takidladi.

Sport Brief nashrining yozishicha, Azarga Krishtianu Ronalduning 2017-2018 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining chorak finalida “Yuventus” darvozasiga urgan goli yoqqan ekan. O‘shanda portugaliyalik futbolchi chalqancha usulda to‘pni turinliklar darvozasiga joylab qo‘ygan edi.

8459e896f2156cab8bad96b21fcce84a5ac3e5e0edad4165875550 (1)

Qizig‘i shundaki, o‘sha mavsum yakunlangach, Ronaldu “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan.

2023 yilning boshida Krishtianuning Evropadagi faoliyati yakunlandi. Ayni paytda u Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasida to‘p tepyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!