Engil atletika. Osiyo chempionatidagi dastlabki medal naqd qilindi

Tailandda o‘tayotgan engil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan Suhrob Xo‘jaev kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimizning ikkinchi urinishda qayd etgan 71.83 metr natijasi unga qit’a chempionatining kumush medalini keltirdi.

Birinchi o‘rin xitoylik Van Siga nasib etgan bo‘lsa, yaponiyalik Shota Fukuda kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Bosqon uloqtirish:
Van Si (Xitoy) – 72.13
Suhrob Xodjaev (O‘zbekiston) – 71.83
Shota Fukuda (Yaponiya) – 71.80.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!