Enrike: "Arauxo qizil kartochka olmaganda ham g‘alaba qozona olardik"

PSJ "Barselona"ga qarshi javob bahsida yiri 1:4 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Men jamoam bilan faxrlanaman. "Barsa"ning sobiq murabbiyi sifatida menga unchalik oson bo‘lgani yo‘q. Umid qilamanki, ushbu holat takrorlanmaydi. Biz Arauxo qizil kartochka olmagan taqdirda ham g‘alaba qozona olardik, lekin endi buni isbotlab bera olmayman. Xavi ajoyib murabbiy va uni uzoq yillar klubda qolishini istagan bo‘lardim", - dedi. 

PSJ EChL yarim finaliga yo‘l oldi. Keyingi raqib "Borussiya". Bu ikki klub guruhda ham o‘zaro to‘qnash kelgandi. Bitta bellashuvda tomonlar durangga imzo chekkan bo‘lsa, birida parijliklarning qo‘li baland kelgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!