Eron bosh murabbiyi: "O‘zbekiston ikkinchi taymda yaxshi o‘ynadi, biznikilar esa shunchaki sayr qilib yurdi"

  • 21 noyabr, 2023, 20:34
  • 1
  • Futbol

Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Bellashuvdan so‘ng Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Xayrli kech, hammaga. Avvalombor, jahon chempionati saralashida ishtirok etayotgani bilan tabriklayman. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman. 

Bu uchrashuv sifatli va ajoyib tarzda o‘tdi. Ayniqsa, gollar o‘yinga alohida joziba bag‘ishladi. Yigitlar birinchi taymda yaxshi o‘ynashdi, ammo ikkinchi bo‘limda yo‘q bo‘lib qolishdi.

O‘zbekiston ikkinchi taymda yaxshi o‘yin namoyish etdi va haqli tarzda ikki gol urib ketdi. Biznikilar esa shunchaki maydonda piyoda sayr qilib yurishdi. 

Muxlislar bu bahsdan zavq oldi. Shiddatli va tomoshabop qarama-qarshilik guvohi bo‘ldik. Shuningdek, bizning jamoa uchun ham bugungi kun dars bo‘ldi. Xulosalar va saboq chiqardikki, boshqa bahslarda shunday harakat qilsak, natijamiz biz kutgandek bo‘lmasligi aniq. 

Ta’kidlab o‘tilganidek, ikki marotaba Eron terma jamoasini boshqarib bordim. 2006 yildagi va hozirgi tarkib ham birdek kuchli va yuqori saviyadagi futbolchilardan tashkil topgandi. 

Avvalo, Karlush Keyrush futbol bo‘yicha etuk mutaxassislardan biri hisoblanadi. U Eron futboli uchun cheksiz hissa qo‘shgani bilan e’tirofga sazovor. Men anchadan beri futbolda bosh murabbiylik qilyapman va hujumkor falsafaga asoslangan futbol namoyish etishni xush ko‘raman. Statistikamga e’tibor qaratsangiz, futbolchilik faoliyatimda hujumchi sifatida to‘p tepganman. Hozirda Osiyo kubogiga oz vaqt qoldi. Shunday ekan, biz qo‘limizdagi bor mahsulotdan unumli foydalanishga majburmiz", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
21/11/2023 20:48
К.Кейруш давридаги Эрон кучли эди шу билан бирга бир таймлик жамоа булиб колибти.