"Evro-2020"dan kim qancha daromad ko‘radi?

  • 27 iyun, 2021, 21:13
  • 1
  • Futbol

“Evro-2020” tarixdagi eng katta mukofot puli qo‘yilgan Evropa chempionatiga aylanadi. Aniqrog‘i, g‘olib terma jamoa 34 mln evro bilan taqdirlanadi. Albatta musobaqa tashkilotchilari va UEFA uchun ham ushbu musobaqa juda katta daromad keltiradi. Ular mos ravishda 2 va 1 milliard evro miqdorida pul ishlab oladi.

“Evro-2020” nafaqat yozning asosiy sport shousi, balki ulkan moliyaviy loyihadir. Tashkilotchilar homiylardan mablag‘ oladi, terma jamoalar ishtirok etgani va ko‘rsatgan natijalari evaziga mukofot oladi va shaharlarning infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoyalar kiritiladi. Koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay, moliyaviy oqimlarning miqdori juda katta. “Evro-2020”da bir nechta moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tarixiy rekordlar qayd etiladi.

Plan B ot UEFA na Evro-2020. Matchi primut tolko dva goroda ᐉ UA-Futbol

Turnir ishtirokchilari qancha miqdorda mukofot oladi?

Birinchi rekord – ishtirokchi jamoalarga beriladigan pullar. O‘tgan “Evro-2016”da tarixda birinchi marta qit’a chempionatida 24 ta mamlakat ishtirok etgan va uning sovrin jamg‘armasida keskin o‘sish kuzatilgan edi. UEFA o‘shanda 20 ta qo‘shimcha o‘yin o‘tkazdi va shu bilan birga televidenie huquqlari va Evropa chempionati bilan bog‘liq mahsulotlardan ko‘proq daromad oldi. Bu “Evro-2016” ishtirokchilariga 301 million evro miqdoridagi mukofot pulini to‘lashga imkon berdi (har bir jamoaga 12,5 million evrodan). Bu ko‘rsatgich “Evro-2012”da  196 million evroni (har bir jamoaga 12,25 milliondan) tashkil qilgan.

“Evro-2020” mukofot jamg‘armasiga 23 foiz ko‘proq - 371 million evro ajratilgan (har bir ishtirokchi terma jamoaga 15,4 milliondan). Ammo turnirning keyinga qoldirilishi va pandemiya davridagi moliyaviy yo‘qotishlar tufayli UEFA to‘lovlarni qisqartirishga qaror qildi. Endi ishtirokchilar jami 331 million evro pul oladi (har bir jamoaga 13,8 milliondan).

Natijaga qarab mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:

Turnirning final bosqichiga chiqqani uchun har bir jamoaga 9,25 million evro olish kafolatlanadi;

Guruh bosqichidagi g‘alaba 1 million evroni tashkil qiladi, durang - 500 ming;

Pley-offga chiqish jamoalarga har biriga 1,5 million evro, chorak finalga 2,5 million, yarim finalga 4 million evro beradi;

Yutqazgan finalchi 5 million evroni oladi va turnir g‘olibi yana 8 million oladi.

Vozvrat deneg za bilety na Evro-2020.

“Evro-2020” g‘olibi, hatto pandemiya bo‘lmagan va guruhda uchta g‘alaba qozonilgan ideal sharoitlarda ham “JCh-2018” g‘olibidan kam - 34 million evro oladi. Frantsiya Rossiyadagi mundialda 34,5 million evro ishlab olgan.

Umumiy tendentsiya shuni ko‘rsatadiki, Jahon chempionatlari va Evropa chempionatlari uchun mukofot pullaridagi tafovut so‘nggi yillarda faqat oshgan. 2010 yilgi jahon chempioni va 2012 yilgi Evropa chempioni o‘rtasidagi daromadning farqi 4,3 million evroni tashkil etdi va keyingi ikki turnirda (2014 va 2016 yillarda) u 6,3 millionga o‘sdi.

Jamoalarning daromadlari ham sezilarli darajada farq qiladi: Rossiya va Braziliyadagi jahon chempionatlari ishtirokchilari o‘rtacha 21 va 15 million evrodan pul ishlab olgan. Bu “Evro-2020” ishtirokchilarining o‘rtacha mukofot pulidan ko‘proq. Inflyatsiyaga qaramay, (Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati bundan 7 yil oldin bo‘lgan) va umumiy daromadning o‘sishiga qaramay, Evro ishtirokchilari hali ham kam pul olmoqda.

To‘g‘ri, Evropa chempionatidagi mukofot pullari boshqa qit’a chempionatlarinikidan ancha ko‘p. Masalan, Amerika Kubogi-2021 musobaqasining jami mukofot jamg‘armasi 22 million evroni tashkil qiladi.

UEFAdan mukofot to‘lovlari futbolchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ya’ni, turnirda g‘alaba qozonish va turnirda 34 million evro ishlab olish bu 26 ta jamoaning har bir a’zosi taxminan 1,5 million evro oladi degani emas. UEFA terma jamoa ishlab topgan pullarini federatsiyalarga yuboradi va ular futbolchilarga bonuslarni berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishadi. O‘z navbatida federatsiyalarning bunday majburiyati yo‘q. Biroq, ular ko‘pincha futbolchilar va murabbiylarni oldindan rag‘batlantiradi. Masalan, Angliya futbol assotsiatsiyasi har bir jamoa a’zosiga “Evro”ni yutsa 1 million evrodan berishni va’da qilgan. Eslatib o‘tish lozimki, inglizlar “JCh-2018”dan ishlab topilgan barcha bonuslarni xayriya ishlariga yo‘naltirishgan edi. Ehtimol, ular bu safar ham xuddi shunday yo‘l tutishar.

Frantsiya bo‘lgan Evropa chempionatidagi eng baxtli odamlar turklar bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Gap shundaki, Turkiya terma jamoasi o‘sha chempionatda g‘olib chiqqan taqdirda, terma jamoa vakillarining har biriga 750 ming evro mukofot va’da qilingan. Belgiyaliklarga ham taxminan xuddi shu miqdorda (har biriga 704 ming evrodan) mukofot va’da qilingan, ammo ular chorak final bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketishdi.

Euro2020, Roma invasa dai tifosi torna a vivere. Il sogno azzurro dopo un  anno in bianco e nero - la Repubblica

UEFA “Evro-2020”dan qancha daromad ko‘radi?

“Evro-2020”dagi ikkinchi rekord bu UEFAning qit’a chempionatidan ishlab topadigan daromadi bo‘yicha bo‘ladi. Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan “Evro-1992”dan beri UEFAning daromadi deyarli 50 baravarga o‘sdi. Albatta, 2021 yilgi musobaqaga nisbatan daromadni 100% aniqlik bilan bashorat qilishning iloji yo‘q, ammo Forbes turnirdan tushadigan potentsial daromadni 2,5 milliard evroga baholagan, UEFA esa yil boshida daromad 300 million evroga kamayishini taxmin qilgan. Ya’ni, stadionlarga muxlislarning to‘liq kirishiga ruxsat berilmagani va sayyohlar oqimining qisqarishiga qaramasdan “Evro-2020” bundan avvalgi “Evro-2016” rekordini yangilashi kutilmoqda (1,916 milliard evro).

2000 yilgi musobaqadan buyon UEFAning Evropa chempionatidan ko‘radigan asosiy daromad manbai televizion huquqlarni sotish bo‘ldi. 2016 yilgi Evropa chempionatida uning ulushi 50 foizni tashkil etdi va 1 milliard evrodan oshdi. Homiylik va litsenziyalash bo‘yicha bitimlardan taxminan 450 million evro, chiptalar sotuvidan deyarli 400 million evro tushgan. Qolganlari korporativ mijozlar uchun dasturlar va boshqa daromad manbalariga to‘g‘ri keldi.

Kak bolelщikam Evro-2020 vernut svoi dengi za bron

UEFA “Evro-2020”ni tashkillashtirishga qancha pul sarflaydi?

UEFA musobaqa oldidan mezbon shaharlarga homiylik qilmaydi. Stadionlar qurilishi, transport infratuzilmasini yaxshilash va boshqa harajatlar uchun mablag‘ mezbon davlat tomonidan qoplanadi. FIFA “JCh-2018” xarajatlarini qoplash uchun Rossiyaga 550 million evro bergan. Bu mezbon mamlakat xarajatlarining 5 foizini tashkil qiladi.

“Evro-2020” o‘tkaziladigan shaharlarning ta’kidlashicha, musobaqa mahalliy iqtisodiyotni ko‘tarishga yordam beradi. Masalan, “Evro-2020” mezbonligidan voz kechgan Dublin raqobatdan kelib chiqadigan qo‘shimcha iqtisodiy faoliyatni 106 million evroga baholagan. Evropa chempionati mezbonlaridan biri hisoblangan Andalusiyada esa bu ko‘rsatgich 215 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.

Turistik jozibadorlikni oshirishdan tashqari, mezbon shaharlar UEFA tomonidan turnirdan tushadigan pullarning bir qismini chiptalar, televidenie huquqlari, homiylik shartnomalari va boshqa narsalardan oladi. Masalan, Braziliya 2014 yilgi jahon chempionati uchun chiptalar daromadining 87 foizini olgan. Agar UEFA “Evro-2020” mezbon shaharlariga taxminan shuncha foiz to‘laydi deb hisoblasak, unda Sankt-Peterburg birgina chiptalarning o‘zidan 28-33 million evro daromad oladi. Ushbu shaharning “Evro-2020”dan ko‘radigan umumiy daromadi esa 50 million evroga baholanmoqda.

Agar Evropa chempionatini tashkil etish 1,2 – 1,3 mlrd evroga tushsa, UEFA taxminan 0,9 – 1 mlrd evro daromad ko‘radi. Bu Evropa chempionatlari tarixidagi rekord ko‘rsatgich bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ergashev
29/06/2021 14:15
Yozilar