Fantastik o‘yin! "Arsenal" iroda ko‘rsatib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 22 aprel, 2023, 02:13
  • 0
  • Futbol

Premer-liganing 32-turdan o‘rin olgan "Arsenal" - "Sautgempton" bahsi 3:3 hisobi bilan tugadi. 

Dastlab, 1-daqiqada Alkaras Remsdeylning xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Uolkott oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Martinelli javob golini urdi va birinchi taym o‘z nihoyasiga etdi. 66-daiqiqada Chaleta-Sar boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Edegor va Sakaning gollar jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Shu tariqa, "Arsenal" 75 ochko bilan hamon turnir jadvalida peshqadam. "Siti" bilan oradagi farq 5 ochko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!