Fayzullaev “kashfiyotlar” qatorida

Rossiya Premer-ligasi o‘z telegram kanali orqali 2023-2024 yilgi mavsum kashfiyoti nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlarning qisqartirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.

Saralangan da’vogarlar ro‘yxatiga beshta klubning olti nafar futbolchisi kiritildi.

Demak, mavsumning kashfiyoti bo‘lish uchun raqobat Bitello («Dinamo»), Tamerlan Musaev («Baltika»/TsSKA), Nikita Saltikov («Krilya Sovetov»), Mirlind Daku («Rubin»), Muhammad Moxebi («Rostov») va Abbosbek Fayzullaev (TsSKA) o‘rtasida kechadi.

Abbosbek Fayzullaevning nomzodi 2023-2024 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi nominatsiyasiga ham kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!