Fayzullaev yana eng zo‘rlar qatorida!

RPLning 27-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Rubin" bahsida tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi. O‘yinda Rojkov hisobni ochgan bo‘lsa, Fayzullaev tenglashtirib qo‘ydi. 74-daqiqada Chalov jamoasini oldinga olib chiqqandi, lekin 90+2 daqiqada Daku mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Qozonliklar safida harakat qilayotgan legionerlarimiz Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov zaxirada qoldirildi. Mazkur uchrashuvdan keyin turnir jadvalida moskvaliklar 8, kozonliklar esa 9-o‘rinda borishmoqda. 

"Match Premer" talqiniga ko‘ra, Fayzullaev tur ramziy jamoasiga kiritildi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!