Fayzullaev yangilik kutyapti!

Rossiya Premer-ligasi 2023-2024 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogar futbolchilarsilarning qistartirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan charm to‘p ustalari orasida TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaev ham bor.

Rossiyada yil o‘yinchisi nomi uchun kurashadigan futbolchilar ro‘yxatiga “Orenburg”dan Brayan Mansilya, “Rubin”dan Mirlind Daku, “Fakel”dan  Irakliy Kvekveskeri,  “Rostov”dan Muhammad Moxebbi, Danil Glebov, Maksim Osipenko, Egor Golenkov, “Spartak”dan Srdjan Babich, Aleksandr Maksimenko, Danil Prutsev, TsSKAdan Abbosbek Fayzullaev, Fyodor Chalov, Ivan Oblyakov, Igor Akinfeev, “Baltika”dan Evgeniy Latishonok, “Dinamo”dan Konstantin Tyukavin, Bitello, Diego Laksalt, “Zenit”dan Vendel, Mateo Kassera, Duglas Santos, Klaudino, Vilmar Barrios, “Krasnodar”dan Eduard Spertsyan, Jon Kordoba, Matvey Safonov, Xunior Alonso, “Krilya Sovetov”dan Benxamin Garre, Nikita Saltikov, “Lokomotiv”dan Maksim Glushenkov, Nair Tiknizyan va Ilya Lantratov kiritilgan.

Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Legioner sifatidagi debyut mavsumida 20 yoshli hamyurtimiz “armiyachilar”ning asosiy figurasiga aylandi.

TsSKAning aksariyat hujumchilari aynan o‘zbekistonlik iqtidor egasi orqali o‘tadi. Yuqori safida o‘ynayotgan futbolchimiz mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ekspertlar Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasida uzoq qolmasligini ta’kidlayapti. Hozirning o‘zida legionerimizni kuzatayotgan klublar bor.

Yaqinda “Bavariya” va “Parma” singari mashhur klublar “Paxtakor” tarbiyalanuvchisini kuzatayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Abbosning o‘zi bolaligidan “Barselona”ga muxlislik qiladi va kelajakda Ispaniya chempionatida to‘p tepish orzusi borligini aytgan.

Rossiya Premer-ligasi va O‘zbekistonning turli terma jamoalaridagi muvaffaqiyatli o‘yini ortidan uning transfer summasi bir necha baravar ko‘tarilib, bugungi kunda 5 million evroni tashkil qilmoqda.

Fayzullaevni kuzatayotgan mashhur klub kuchlilar safiga qaytdi!

Ular Parijda o‘zbek futbolchilariga muxlislik qiladi!

“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi. Eldorga boshqa takliflar ham bor!

O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!

                                                                                                                

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!