Federer bu holatga so‘nggi bor 20 yil avval tushgandi

  • 8 dekabr, 2020, 00:30
  • 0
  • Tennis

Shveytsariyalik raketka ustasi Rojer Federer o‘zining rekordli seriyasiga yakun yasashiga to‘g‘ri keldi. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya natijasida bu mavsum turnirlarda ishtirok etmaslikka qaror qilgan "Maestro" 20 yil ichida ilk bor ATR turnirlari finaliga chiqa olmadi.

Federerning ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha asosiy taqibchilari Rafael Nadal (17) va Gael Monfis (16) sanaladi. Ma’lumot uchun, shveytsariyalik tennischi bu mavsum faqatgina "Australian Open"da ishtirok etgan va yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatgan. Quyida Federerning boshqa taqibchilari bilan tanishishingiz mumkin:

1. Rojer Federer (Shveytsariya) — 20 (1999–2019)

2. Jimmi Konnors (AQSh) — 19 (1971–1989)

3. Rafael Nadal (Ispaniya) — 17+ (2004–…)

4-5. Ivan Lendl (AQSh) — 16 (1974–1994)

4-5. Gael Monfis (Frantsiya) — 16+ (2005–…)

6-7. Manuel Orantes (Ispaniya) — 15 (1969–1983)

6-7. Novak Jokovich (Serbiya) — 15+ (2006–…)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!