Felish: "Barsa"da qolmoqchiman, ammo bu menga bog‘liq emas!"

"Barselona" sharafini himoya qilayotgan Joau Felish klubdan ketish niyatida emasligi haqida gapirib o‘tdi. 

"Kataloniyada qolib, "Barsa"da faoliyatimni davom ettirishni istayman. Ammo bu menga bog‘liq emas! Kelasi yil nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men yangi "Kamp Nou"da o‘ynashni juda-juda xohlayman", - dedi portugaliyalik hujumchi.

Ma’lumot o‘rnida, Joau joriy mavsum La Liganing 23 o‘yinida 6 gol va 3 assist muallifi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!