FIFA tomonidan futzal milliy jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 1288,96 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rindan joy oldi. 

Braziliya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Amaldagi Jahon chempioni Portugaliya esa Ispaniyani ortda qoldirgan holda ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Eron va Argentina jamoalari kuchli beshlikdan o‘rin olgan.

Ushbu besh jamoa va O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida 1-savatchaga joylashtiriladi. 2-savatchada esa Marokash, Qozog‘iston, Tailand, Fransiya, Ukraina va Paragvay jamoalari bo‘ladi. Shu tariqa futzal bo‘yicha JCh-2024 ishtirokchilari FIFA reytingida egallagan o‘rinlariga qarab saralanadi va guruhlarga ajratiladi.

Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo jamoalari orasida 3-o‘rinni band etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. Oxunjon
08/05/2024 10:30
Маладси йигитлар бўшашманглар кучли ўнталикга кириш керак