Final! Yaponiya - O‘zbekiston: O‘yinni kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun 23 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, ushbu bahs "Sport" telekanali orqali namoyish qilinadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiya - O‘zbekiston bellashuvini Murod Rizaev va Hasan Turdialievlar sharhlab borishadi. O‘yin esa 20:20'dan boshlab translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya bilan bundan ikki yil oldin O‘zbekiston mezbonlik qilgan Osiyo kubogi yarim finalida to‘qnash kelganmiz. O‘shanda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olgandi.
Fikrlar