Forbes: Superliga g‘oyasi amalga oshsa, "Barselona" dunyoning eng qimmat klubiga aylanadi

  • 2 iyun, 2021, 10:25
  • 0
  • Futbol

Amerikaning mashhur Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 50 ta sport klubi reytingini e’lon qildi. Rossiyalik milliarder Roman Abramovichning "Chelsi"si ushbu reytingda 37-o‘rindan 25-pog‘onaga ko‘tarildi. Boisi, so‘nggi bir yil davomida ushbu jamoa narxi 0,62 milliard dollarga qimmatladi. Aniqrog‘i, Amerika jurnali “Chelsi”ning hozirgi holatini 3,2 milliard dollarga baholagan (bir yil oldin - 2,58 milliard dollar edi).

2019 yilda rossiyalik boshqa bir milliarder Mixail Proxorov tomonidan Alibaba kompaniyasi asoschilaridan biri Jozef Tsayga sotilgan NBA basketbol klubi - "Bruklin Nets" 40-o‘rinni egalladi (2,65 milliard dollar), o‘tgan yilgi reytingda jamoa 38-qatorda edi (2,5 milliard dollar). 2018 yilgacha asli o‘zbekistonlik hisoblangan rossiyalik yana bir milliarder Alisher Usmonovga tegishli  Londonning "Arsenal" futbol klubi yil davomida 47-o‘rindan (2,27 milliard dollar) 38-o‘ringa (2,8 milliard dollar) yuqoriladi.

Dunyodagi eng qimmat uch sport klubi yil davomida o‘zgarmadi. Ro‘yxatni Amerikaning mashhur "Dallas Kovboyz" futbol jamoasi (Milliy futbol ligasi, NFL) boshqarib kelmoqda. Jurnal uning narxini 5,7 milliard dollarga baholagan. Jamoa egasi Jerri Jons (boyligi Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko‘ra, 8,8 milliard dollar) uni 1989 yilda 150 million dollarga sotib olgan. Undan keyingi o‘rinda 5,25 milliard dollar qiymatiga baholanayotgan "Nyu-York Yankis" beysbol klubi bormoqda. Ushbu jamoaning egasi - Shtaynbrennerlar oilasi. Ushbu oila 2015 yilda 3,2 milliard dollarlik boyligi bilan AQShning eng boy oilalari reytingiga kiritilgan. Ular jamoani 1973 yilda 8,8 million dollarga sotib olgan. Kuchli uchlikni "Nyu-York Niks" basketbol klubi yakunlab berdi. Madison Square Garden Company kompaniyasiga tegishli ushbu klub 5 milliard dollar turadi. Klub egasi uni 1997 yilda 300 million dollarga sotib olgan.

Dallas Kovboyz» doroje «Reala»! » Ejednevnaya sportivnaya gazeta Kyrgyzstana  Sport.kg

Bu yilgi kuchli beshlikka Evropaning futbol klublari ham kirdi - "Barselona" (4,76 milliard dollar) va "Real" (4,75 milliard dollar). Oltinchi va ettinchi qatorlarni "Golden Steyt Uorriorz" (4,7 milliard dollar) va "Los-Andjeles Leykers" (4,6 milliard dollar) basketbol jamoalari egallab turibdi.

Dunyodagi eng qimmat sport jamoalari o‘nligiga Amerikaning ikki futbol jamoasi ham kirdi: “Nyu-Inglend Petriots” (4,4 milliard dollar) va “Nyu-York Jayents” (4,3 milliard dollar).

Forbes Myunxenning "Bavariya" futbol klubini 4,21 milliard dollarga baholadi.

Dunyodagi eng qimmat 50 jamoaning yil davomida o‘rtacha qiymati 9,9 foizga o‘sib, 3,4 milliard dollarni tashkil etdi, bu besh yil oldingi ko‘rsatkichdan 55 foizga ko‘p deganidir.

Bavariya» oformila vtoroy trebl v istorii vsled za «Barselonoy» – Liga  chempionov - Eurosport

Hammasi bo‘lib ushbu ro‘yxatga to‘rtta sport turi bo‘yicha jamoalar kiritilgan. Shu jumladan 26 ta Amerika futboli klublari (barchi Amerika NFL), to‘qqizta basketbol (barchasi Amerika NBA) va futbol (barchasi Evropadan, shu jumladan beshtasi Angliyadan, ikkitasi Ispaniyadan va bittasi Germaniya va Frantsiyadan) va oltita beysbol klublaridir. Ularning yuqori narxlari televidenie va ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha tobora o‘sib borayotgan shartnomalar bilan bog‘liq. Yaqinda NFL 2023 yildan boshlab yiliga 10,3 milliard dollarlik televizion huquqlarni sotdi - bu amaldagi shartnomaga nisbatan 80 foizga ko‘p deganidir. Angliya premer-ligasi OAV bilan yiliga 2,18 milliard dollarlik shartnomalar tuzdi, beysbol Oliy ligasi OAV bilan kelishuv doirasida kelasi mavsumdan boshlab o‘rtacha 1,84 milliard dollar oladi, NBA ham mediadan yiliga o‘rtacha 2,6 milliard dollar oladi. NHL ham ommaviy axborot vositalari bilan shartnomalar imzoladi. Unga ko‘ra, tashkilot kelasi mavsumdan OAVdan yiliga atigi 625 million dollar oladi. Nega xokkey jamoalaridunyoning eng qimmat 50 klubi reytingiga kirmaganligini shu erdan ham bilib olish mumkin.

Laporta s nami: «Barselona» predstavila ofitsialnoe komandnoe foto sezona  2020/21 - FC BARCELONA - Blogi - Sports.ru

Forbes AQShning barcha sport ligalari ushbu daromadlarni o‘z jamoalari o‘rtasida teng ravishda taqsimlashini ta’kidlamoqda. Xuddi shu g‘oya Evropa Superligasini yaratish rejasida ham bor edi. Nashrning ta’kidlashicha, agar ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Superliganing tashkil etilish istagini bildirgan dastlabki 12 ta klubning narxi 12,7 milliard dollarga ko‘tariladi va natijada "Barselona" uzoq yillardan so‘ng birinchi marta Forbes reytingida etakchiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!