"Fujaira Open"da qatnashadigan taekvondochilar ro‘yxati

31 yanvar - 2 fevral kunlari BAAning Fujayra amirligida taekvondo bo‘yicha an’anaviy "Fujaira Open" musobaqasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Terma jamoamizning qolgan a’zolari deyarli shu muddatda Turkiyada o‘tadigan "Turkish Open" musobaqasida qatnashishadi.

"Fujaira Open" musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan taekvondochilar ro‘yxati:

-63 kg - Niyoz Pulatov
-68 kg - Sardor Toirov
-80 kg - Shuhrat Salaev
+87 kg - Dmitriy Shokin
-53 kg - Charos Qayumova
-62 kg - Feruza Sodiqova
-67 kg - Nigora Tursunqulova

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2014-2019 yillar davomida "Fujaira Open" musobaqasida jami 26ta oltin, 18ta kumush va 26ta bronza, jami 70ta medalni qo‘lga kiritgan.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!