Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi trilogiya qaysi arenada o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

  • 11 sentabr, 2020, 10:51
  • 0
  • Boks

Professional boks yulduzlari - super og‘ir vazndagi Deontey Uaylder hamda Tayson Fyuri o‘rtasidagi trilogiya 19 dekabrda tashkil qilinadi. “Top Rank” promouterlik kompaniyasi rahbari va ushbu jang tashkilotchilaridan biri Bob Arumning ta’kidlashicha, jang oqshomi Las-Vegasda yangi qurib bitkazilgan “Allegiant stadium”da bo‘ladi.

Arum 10-15 ming muxlis tomosha qilishi uchun ushbu stadionda jang kechasini o‘tkazish niyatida... Promouter bokschilar o‘rtasidagi ikkinchi jangga 17698 tomoshabin tashrif buyurganligi ham bunday qulayliklarni ta’minlashga turtki bo‘layotganligini aytdi. Shuningdek, koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralari qo‘llanilayotgani, bu borada barcha mas’ul tashkilotlar bilan muzokaralar olib borayotgani va ushbu arenada jang kechasini munosib tarzda o‘tkaza olishini ham ta’kidlab o‘tgan.

stadion

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!