Germaniya Petra Kvitovaga omad keltirmoqda

  • 25 aprel, 2019, 12:50
  • 0
  • Tennis

Chexiyalik Petra Kvitova Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning uchinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Petra ikkinchi bosqichda belgiyalik Greete Minnen bilan raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda chexiyalik tennischi 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa "Porsche Tennis Grand Prix" musobaqasining chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Kvitova latviyalik Anastasiya Sevastova, yoki germaniyalik Laura Zigemundga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!