Grepplingchilarimiz Osiyo chempionatini "yondirishmoqda"!

4-6 may kunlari Filippinning kurort shaharlaridan biri Tagaytayda greppling bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tishi xaqida xabar bergandik. Bugun ushbu turnir start oldi va unda o‘zbekistonlik grepplingchilar Nogi yo‘nalishida munosib ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan,  92 kg vaznda Azizbek Sharipov barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 84 kgdagi vakilimiz Ulug‘bek Rahmonov ham raqiblariga imkoniyat qoldirmagan holda, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 62 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan Abduvosid Siddiqovga finalda biroz omad etishmadi va kumush medalni qo‘zlga kiritgan bo‘lsa, 92 kgdagi yana bir vakilimiz Husan Rahimov bronza medaliga ega chiqdi.
Oldinda GI yo‘nalishidagi bahslar ham kutib turibdi. Bu yo‘nalishda ham vakillarimizdan medallar kutib qolamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!