Guljanoy Naimova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova hozirgina final jangini yakunladi.

Oltin medal uchun kechgan jangda vakilimizga braziliyalik Menezes Bezerra raqiblik qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz musobaqaning ikkinchi raqamli sportchisini 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ayni damda delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 19 taga etdi: 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
04/09/2021 23:09
Раҳмат. Ўз меҳнатлари ва матонати эвазига ғалаба олтин медал. Ота онаси ва устозларига раҳмат. Қоил лекин. Олға ўзбегим.