Gvardiola Stounz va Uokerning "Arsenal"ga qarshi o‘ynay olmasligini ma’lum qildi. Oldinda "Real"ga qarshi bahs ham kutib turibdi...

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ikki muhim himoyachilar Jon Stounz va Kayl Uokerning "Arsenal"ga qarshi APL doirasidagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. 

Ular Angliya terma jamoasida olgan jarohatlari tufayli maydonga tusha olmaydi. Ammo hozircha ikki mudofaa vakilining qachon safga qaytishi oshkor qilinmadi. 

Qo‘shimchasiga, "Siti"ni oldinda "Real"ga qarshi Evropa chempionlar ligasidan o‘rin olgan to‘qnashuv kutib turibdi. "Qirollik klubi"ga qarshi bellashuvlar 6 va 13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!