Gvardiola yana trebl qayd etishi mumkinligi haqida gapirdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi bilan ikkinchi trebl qayd etishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Tan olishimiz kerak, APL uchun kurash, EChLda "Real"ga qarshi o‘ynash va kubokda yarim finalga qadar etib borish - katta sharaf. Biz doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ammo hozir bor e’tiborimizni muhim o‘yinlarga qaratganmiz. 

Trebl masalasi bizning qarashlarimizga qarab, hal bo‘ladi. Qanchalik ma’suliyat bilan yondashsak, shunchalik yaxshi natijalarni qo‘lga kiritamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Siti"ni 17 aprel kuni tunda chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida "Real"ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Shanba oqshomida "Chelsi" bilan kubok finali uchun kurash olib boriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!