UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov jahonning eng yaxshi bokschilari ro‘yxati nomini aytib o‘tdi.

"Ayni damda, uchta dunyoning eng yaxshi bokschisini ko‘ryapman: Usik, Alvares, Lomachenko. Ha, kechirasiz, to‘rtinchisi Tayson Fyuri. Ular orasidan bitta eng yaxshisini ajratish qiyin.

Usik va Fyuri o‘rtasida jang bo‘lishini xohlayapman. Bu juda yaxshi jang bo‘ladi. Usikning texnikasi yuqori va u noodatiy jangchi. Fyuri ham xuddi shunday!

Usikka qarshi Chisora qanday harakat qilishini ko‘ramiz. Bu o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat," - dedi Nurmagomedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!