Habib Nurmagomedov UFCga qaytadimi? Barchasi aniq bo‘ldi!

  • 19 mart, 2021, 12:50
  • 0
  • MMA

UFC chempioni, P4P reytingi etakchisi Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan keyin, o‘z faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Biroq UFC prezidenti Dena Uayt bir necha oydan buyon rossiyalik sportchini qaytarish ustida bosh qotirayotgan edi. Xabarlarga ko‘ra, Uayt bu ishdan umidini uzgan.

“Bo‘ldi 29-0. Endi 100 foiz rasman tugatdi. Sening faoliyatingni tomosha qilish zavqli edi. Hammasi uchun rahmat! Nima qilsang ham zavqlanib yur do‘stim”, - deya fikr bildirgan Dena Uayt.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov UFCdagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!