Hamkasblarni tabriklaymiz!

  • 2 iyul, 2020, 10:23
  • 0
  • Futbol

Sport hayotning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib qolgan desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun ana shu sohani yoritib, ommaga taqdim etishda xizmat ko‘rsatayotgan sport jurnalistlari kuni. Aniqrog‘i, 2 iyul butun dunyoda Xalqaro sport jurnalistlari kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu sana munosabati bilan SPORTS.uz portali ijodiy jamoasi yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha sport jurnalistlarini bayram bilan chin yurakdan tabriklaydi. Sharafli kasbingizda omad va zafarlar va kuch-quvvat yor bo‘lishini tilaydi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin aziz hamkasblar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!