Harri Keynning uch farzandi avariya oqibatida shifoxonaga tushdi (foto)

“Bavariya” va Angliya terma jamoasi to‘purari Harri Keynning oila a’zolari avtohalokatga yo‘liqdi.

Bild nashri tezkor avtomagistralga burilgan mashina avariyaga sababchi bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Avariya oqibatida Harrining uch farzandi – Lui, Viven va Ayvi shikastlangan va tez yordam mashinasida yoqin hududdagi shifoxonaga olib ketilgan.

Keyning farzandlari ketayotgan avtomobilga urilgan mashinada ham bir necha yo‘lovchi bo‘lgan va ularning hech biriga ziyon etmagan.

Noxush voqea yuz bergan vaqtda Harri Keyn “Bavariya” tarkibida “Arsenalga” qarshi  Chempionalar ligasi chorak final birinchi uchrashuvini o‘tkazish uchun Londonda kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!