Ian Garri: "Men bilan uchrashganingda faoliyating tugaydi"

  • 26 mart, 16:48
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vazn toifasidagi Irlandiyalik jangchi Ian Garri Kolbi Kovingtonni o‘zaro jang o‘tkazish uchun shartnoma imzolashga yana bir bor chaqirdi.

"Siz Kolbidan bizning jangimiz qanday kechishini so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi. Men uni bir necha bor jangga chorladim, hatto UFC bilan ham kelishdim. Lekin Kolbidan sado chiqmadi. "Ha" deb ayt, Kovington, va shartnomaga imzo chek. Unutma, sen bilan oktagonda uchraganimizda faoliyating tugaydi”, - deya Garrining so‘zlarini keltiradi Sportskeeda.

 Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni "UFC 298" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Ian Garri(14-0) Jeff Nil(15-6) ustidan g‘alaba qozongan. Kovington(17-4)ga kelsak, u ikki oy oldin Leon Edvards(22-3-1 N/C)ga hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra  yutqazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!