IBSA Jahon o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan para sportchilarimiz tantanali kutib olindi

Joriy yilning 19-26 avgust kunlari Angliyaning Birmingem shahrida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida IBSA Jahon o‘yinlari nihoyasiga etdi.

Unda dunyoning 50 yaqin davlatlari qatori O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi para shaxmat va para dzyudo sport turlari bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi. Para dzyudoning yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medal qo‘lga kiritildi. Jumladan, Kemran Nurilloev oltin, Feruz Sayidov va Kumush Xo‘jaeva kumush, Aloviddin Jo‘raqulov hamda Munisa Madrimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Jamoaviy bellashuvlarda esa ayollarimiz bronza, erkaklarimiz kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga yozdirib qo‘yishdi.

Para shaxmat bahslarida ham vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashishdi. Jumladan, yakkalik dasturda yosh iste’dodli para shaxmatchimiz Ahadxon Kimsanboev kumush medaliga ega chiqqan bo‘lsa, jamoaviy bellashuvlarda Ilhom G‘ulomov bilan birga bronza medalini ham qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa terma jamoamiz IBSA Jahon o‘yinlarida umumjamoa hisobida 11-o‘rinni egalladi.

Matonatli para atletlarimiz bugun tongda yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida keng O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Mudofaa vazirligi Sport markazi mutasaddilari, keng sport jamoatchiligi, oila a’zolari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!