InfinBank WBC kengashi hamkori bo‘ldi

  • 15 noyabr, 2023, 17:00
  • 0
  • Boks

Shu kunlarda Toshkentda jahon boksning asosiy namoyandalari yig‘ilgan Butunjahon boks kengashining (WBC) yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. InfinBank - ushbu tadbirning rasmiy hamkori sifatida ishtirok etgan yagona bank hisoblanadi.

Birinchi kuni Tashkent City majmuasining "Congress Hall" binosida kengashning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, O‘zbekiston bunday darajadagi tadbirga ilk bor mezbonlik qilmoqda. WBCning 61-kengashi Toshkentda 100 ta davlatdan delegatlarni jamladi.

Sahnaga WBC chempionlik kamari va bayrog‘ini Evander Xolifild, Xulio Sezar Chaves va o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov olib chiqdi.

photo_2023-11-15_11-11-35

Kongress davomida ishtirokchilar dolzarb masalalar, rejalar va har bir vazn toifasidagi unvon va saralash janglarini muhokama qiladilar. Ochilishda jismoniy imkoniyati cheklangan bokschilarga sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan maxsus aravachalar taqdim etildi. Shuningdek, jahon boks yulduzlari sahnada turib, kasalliklar bilan shaxsan qanday kurashganlari haqida ilhomlantiruvchi hikoyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Kengash mehmonlaridan biri olti yoshida o‘z singlisini it hamlasidan qutqarib qolgan Bridjer Uoker bo‘ldi. WBC unga faxriy jahon chempioni unvonini va insoniyatning eng yaxshi fazilatlarini aks ettiruvchi jasoratli harakatlari uchun chempionlik kamarini taqdim etdi.

photo_2023-11-15_11-11-36

Jang paytida jarohat olib komaga tushib qolgan kanadalik bokschi Adonis Stivenson ham ta’sirli nutq so‘zladi. Sportchi o‘z tarixi, tiklanish jarayoni bilan o‘rtoqlashdi va mehmonlarni o‘z ruhiyatining kuchliligi bilan ilhomlantirdi.

photo_2023-11-15_11-11-37

Birinchi kun yakunida sportchilar o‘zbek milliy choponlarida esdalik suratga tushishlari uchun sahnaga taklif qilindi. Butunjahon boks kengashi yig‘ilishi juma kunigacha davom etadi va Karlos Kuadras va Pedro Gevara o‘rtasidagi WBC yo‘nalishi bo‘yicha eng engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik unvoni uchun bo‘ladigan jang bilan yakunlanadi.

Tadbirda InfinBank, jahon boks yulduzlari ishtiyoq bilan suratga tushgan ring shaklidagi fotozona sahnasini taqdim etdi. Bank bunday tashabbuslarni, xususan, O‘zbekistonda boksni rivojlantirishni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

photo_2023-11-15_11-11-38

1920x1080

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!