"Inter Mayami" "Real"ning sobiq futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 6 iyul, 2023, 18:55
  • 0
  • Futbol

"Inter Mayami" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klub radariga ayni dam erkin agent bo‘lib turgan Eden Azar qo‘shildi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar tarqatmoqda. 

32 yoshli vingerga Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor. Ammo u hali so‘nggi qarorni qabul qilmagan. Futbolchi faoliyatini yakunlashi borasida mish-mishlar chiqqandi. 

Avvalroq, Azar "Real" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan. Uning transferi "qaymoqranglilar"ga 115 million evroga tushdi. Eden Ispaniyadagi faoliyati davomida juda ko‘plab jarohatlar olgani sabab murabbiylar ishonchidan chiqib qoldi va zaxira o‘yinchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!