Isko La Ligada aprel oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi

"Real Betis" futbolchisi Isko Alarkon aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Qayd etish lozim, ispaniyalik yarim himoyachi "yashil-oqlar" safida o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazyapti. 

U o‘zi ishtirok etgan 27 chempionat bahsining 18 tasida eng yaxshi futbolchi nomiga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, mazkur bellashuvlarda u 7 gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 4 ta assist muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Iskoni futbol jamoatchiligi "Real"dagi o‘yinlari bilan yaxshi tanishadi. U "qirollik klubi" bilan birgalikda 5 marta Evropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan va 3 marotaba Ispaniya La Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!