"Istern" "So‘g‘diyona" uchun bosh og‘riq bo‘ladi. Tahliliy maqola

  • 6 sentabr, 2022, 00:32
  • 2
  • Futbol

Bugun Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi OFK Kubogidagi yurishini davom ettiradi. "Bo‘rilar"ga Gong-Kongning "Istern" klubi qarshilik qiladi. Xo‘sh, raqib jamoa haqida nimalarni bilamiz? SPORTS.uz vikipediyadan o‘qib olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni bir chetga surib, raqib jamoasining o‘yinini tahlil qilishga qaror qildi. Uning kuchli va kuchsiz tomonlari, asosiy futbolchi va o‘yin uslubi haqidagi "svejiy" maqolani mutolaa qiling!

O‘yin uslubi

Sxema: 3-4-3

SXema istern - kopiya

Roberto Lasada jamoasi uslub va o‘yinga tanlagan sxemasi bilan Osiyo klublaridan keskin farq qiladi. Sof 3 ta himoyachi, qanotlardagi ikkita yarim himoyachi va 2 ta tayanch zonasidagi ijodkor. Oldinda esa, keng maydon bo‘ylab to‘p tepuvchi hujum uchligi. 4 himoyachi bilan o‘ynash tobora urfdan chiqayotgan bir paytda "Istern" 3 ta markaziy himoyachi bilan chinakam hujumkor kollektivga aylanib bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, Ulug‘bek Baqoev shogirdlari ertaga anchagina zamonaviy futbolni targ‘ib etuvchi jamoaga qarshi maydonga chiqadi. Jizzaxliklarga oson bo‘lmasligi aniq. Bu bizning Superligamizdagi ehtiyotkor klublardan keskin farq qiladigan raqib.

Gucci himoyalanvoti

Hujum va markazdagi futbolchilar 90 daqiqa davomida tinimsiz pressing qilishga moslashgan. Ular to‘p bilan raqib munosabatda bo‘lgan daqiqalarda butun maydon bo‘ylab bo‘sh zona qoldirmaslikka urinadi. Hujumdagi uchlik himoyachilarni doimiy bosim ostida ushlab tursa, markazdagi 4 futbolchi bemalol pressingning ikkinchi blogini tashkil etishi mumkin. Himoyadagi uchlik esa, raqiblarni ancha erta kutib olishga o‘rgangan.

Gucci hujumga ototi

To‘g‘ri, "Istern" himoyalanishda muammolarga uchrashi mumkin, biroq hujumga o‘tishda Roberto Lasada o‘yinni ancha mukammal qurgan. Ushbu suratlarga e’tibor qarating! 3 hujumchi raqib himoyachilarini o‘zi bilan olib yurgan bir paytda, qanot yarim himoyachilari ancha erkin to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu klassik 4 ta himoyachi bilan harakat qiladigan jamoalar uchun ikki hissa noqulay.

Gucci2

Ular bu vaziyatdan chiqib ketish, yaxshi himoyalanish uchun oldindagi asosiy kuchlarini ortga qaytarishga majbur bo‘ladi. Shu bois, to‘p nazorati sekin-asta "Istern" tomoniga o‘tadi. Lasadaning o‘yin falsafasi to‘p nazorati va qanotlarning aktivligi ustiga qurilgan.

Legionerlar borasida "So‘g‘diyona"dan bir bosh baland

Asosan 3 ta sof himoyachi bilan harakat qilishiga qaramay, aynan ular orqali hujumlar boshlanadi. Bu borada 27-raqamdagi Gondra benazir. Agar ularning o‘yinlarini ko‘rib chiqsak, raqib murabbiyi ustomonlik bilan legionerlarni mahalliy futbolchilar bilan qorishtirganiga guvoh bo‘lish mumkin. Himoyada Gondra asosiy ishni amalga oshirsa, markazda 18-raqamdagi Mikael katta hajmda ish bajaradi. Hujum uchligidagi Bartomeu va Fernando vaziyatlardan foydalanish borasida OFK Kubogi darajasidan balandroq to‘p tepmoqda.
Legionerlar borasida raqib istalgan o‘zbek klubi bilan bellasha oladi. Ayniqsa, 9-raqamdagi Viktor Bertomeu borasida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Baland bo‘yli, jismonan baquvvat ispan ikkinchi qavatda juda faol bo‘libgina qolmay, Lasada qurgan jamoaning yuragi sanaladi. U kerakli pallada ortga qaytishi, to‘p uchun kurash chog‘ida aldamchi to‘qqizlik vazifasini ham bajarishi mumkin.

9 raqammi - kopiya

Shuningdek, Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosi Tamirlan Kozubaev ham Gong-Kong klubi mudofaasida ter to‘kib kelmoqda. 186 sm bo‘yga ega himoyachining kuchli zarbasi bor. Markuz Gondra hujum boshlab beruvchi asosiy kuch sanaladi. Sifatli ijrochilar bilan boyitilgan klub boshqa sharq jamoalari singari ularga to‘liq bog‘lanib qolmagan. Mahalliy futbolchilar ham maydonda katta hajmdagi ishni olib boradi.

Kuchsiz tomonlari

"Istern" ham 100 foiz ideal jamoa emas, uning ham kamchiliklari etarlicha. Asosiysi, bulardan unumli foydalana bilishda. Birinchi navbatda, jamoa zaxira o‘rindig‘i juda tor ekanligiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Murabbiy qo‘l ostida ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilib, bellashuvning borishini o‘zgartirib yuboradigan darajadagi ijrochi yo‘q. Asosiy kuch o‘yinni ilk daqiqalaridan "jangga kirishadi". Bu Ulug‘bek Baqoev uchun ikkinchi 45 daqiqalikda bosimni oshirish va tempni ko‘tarishda qo‘l kelishi aniq.

Sugdiyona2

Shuningdek, gong-kongliklar ikkinchi qavatdagi kurashlarda anchagina zaif. Shu bois, murabbiy imkon qadar mayda paslar orqali hujum uyushtirishga urg‘u bergan. Agar "So‘g‘diyona" bilan solishtirsak, "Istern" a’zolarining jismoniy holati ham anchagina zaifligini ko‘rish mumkin. Bu mayda kichik-kichik epizodlardagi g‘alabalar yordamida o‘yinning katta qismida ustunlik qilish imkonini beradi. Raqib ochiq futbolda qanchalar xavfli bo‘lsa, past tempdagi kurashlarga boy bahsda shu qadar ojiz. Ulug‘bek Baqoev raqib ochiq futbol taklif etsa ham o‘zi uchun qulay tempdan voz kechmasligi shart. Jizzaxdagi maydonning holati ham mezbonlar foydasiga ishlashi aniq. Asosan tezkorlikka suyanadigan "Istern" kamida 30 daqiqani maydonga moslashish uchun sarflaydi. Plyus, muxlislar faktori ham o‘z so‘zini aytishi kerak. Bu - Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi "So‘g‘diyona" uchun chinakam sinov vazifasini o‘tab beradigan o‘yin. Bu - joriy mavsumdagi eng og‘ir o‘tishi taxmin qilinayotgan bahs. Ikki tomon ham o‘z ustunliklariga ega. Kim bundan unumliroq foydalansa, o‘sha jamoa yakunda keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/09/2022 03:35
Sugdiyona bemolol bu kamandani tusigidan utsa kerak. chunki uyinlarini kurdim. raqib jamoa kupincha evropacha uyin qurarkan. bu esa Sigdiyonaga qul keladi. chunki Sugdiyona anti fudbol uynaydigan kamanda ayni poliya rasvo bulishi kerak va raqib klasska tushib olaman deguncha raqibka 1. 2. gol urib olishi kerak. keyin poliyaga suv ham sepmay quyishadi. qarapsizku raqib gol uchun oldinga tashlanadi. qarshi hujimga Jasur Hasanov jazolaydi. Sugdiyona himoyalanishka ham. bemolol uynaydi chunki uyinchilari kupgenasini yoshi katta va gavdasi ham qul keladi ayni raqib jamoa uyinchilarini korpis bilan bemolol yopadi va faziyat kelsa barba bilan sahal qupollik qushadi. ayni elka bilan uchirib yuboradi.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/09/2022 03:29
Shu siz yahshi ishlayapsiz usha kuni. bir gapizni eshitib. uzizni ustizga qatiq ishlap yotkanizni bildersiz. uzi kup japhalarga aniq tiniq yondoshasiz kupgena masalarga. qaytam. nomdor jurnalistlarimiz sizday fikrlamaydi. usha kuni. yutupdan ham kuzatamanda ushanga. siz. chempionat saviyasiga kuchayishiga hali sudiyalarimiz mos emas ekan. degan gapiz. qisqa va lunda qilib javob berdiz.