Jahongir Ortiqxo‘jaev: "O‘zbekiston U23 terma jamoasi biz uchun haqiqiy chempionlardir"

"Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jaev Qatarda yakuniga etgan U23 Osiyo Kubogida terma jamoamizni munosib ishtirok etgani bilan tabrikladi.

"Mamlakatimiz sporti tarixida jamoaviy sport turlari ichida birinchi bo‘lib Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U23 termasining har bir a’zosini yana bir bor katta yutuq bilan tabriklayman. Ular o‘zbek futboli nomini dunyoga yanada tanitish yo‘lida katta ishni amalga oshirishdi.

Barchangiz haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdingiz va olqishlarga munosibsiz! "Paxtakor" futbol klubi mazkur jamoaning 11 nafar futbolchisini tarbiyalagani bilan faxrlanadi. Futbolda Olimpiada masalasini hal etdik. Parijda ham sizlarga omad tilaymiz, ishonamiz va muxlislik qilamiz", - dedi Ortiqxo‘jaev.

Ma’lumot uchun, Qatarda ishtirok etganlar orasida Muhammadqodir Hamraliev va Diyor Xolmatov "sherlar" a’zosi hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!