Jastin Getji orzusidagi jangni aytdi

  • 3 may, 15:21
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji sobiq quyi divizion chempioni Maks Xollouey bilan revansh jangini orzu qilishini tan oldi.

"Orzudagi jangmi? Boshqa davrdagi odam bilan jang qilayotganimni tasavvur qilish qiyin. Men oktagonda to‘qnashmoqchi bo‘lgan jangchilarning ko‘piga duch kelganman - Donald Serrone, Edson Barboza, Eddi Alvares, Dastin Pore va Xollouey. Lekin Maks bilan yana bir marta uchrashishni istardim. 

Garchi yaqinda men unga yutqazgan bo‘lsam-da,xuddi Pore bilan sodir bo‘lgani kabi revansh olishni istayman. Dastin meni avval ham mag‘lub etgandi va yaqinda buning uchun revansh olishga muvaffaq bo‘ldim. Bu juda yaxshi, chunki bizning ishimizda bunday holat tez-tez sodir bo‘lmaydi. Men uni nokautga uchratganimda hayratda qoldim. MMA ajoyib sport, jang qanday ketishini oldindan aytish qiyin. Siz bahs davomida turli zarbalarni berasiz, har xil usullarni sinab ko‘rasiz - ba’zida kichik sabab tufayli ham g‘alaba qozonishingiz mumkin", - deya Getjining so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.

 Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni "UFC 300" turnirida Getji(25-5) jangning so‘nggi soniyasida Xollouey(26-7)ga nokaut bilan yutqazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!