JCh-2022. Karlush Keyrush Uels ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng: "Bu faqat boshlanishi"

  • 25 noyabr, 2022, 20:21
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Uels - Eron uchrashuvidan (0:2) so‘ng forslar bosh murabbiyi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bu faqat boshlanishi, lekin biz vazifani yakuniga etkazib qo‘yishimiz lozim. Kun biz uchun ajoyib o‘tdi. Futbolchilarimni hurmat qilaman, ular futbol o‘ynashni yoqtirishini isbotladi.

Ular har qancha qo‘llab-quvvatlashga loyiq. Biz muxlislarimiz uchun o‘ynashni istaymiz",-dedi 69 yoshli mutaxassis.

Ma’lumot uchun, eronliklar 3-tur bahsini azaliy raqib AQShga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba ularni pley-offga olib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!