Jeymi Vardi "Lester" bilan APLda yana bir mavsum o‘ynamoqchi

"Lester" klubi hujumchisi Jeymi Vardi yana bir mavsum "tulkilar" safida qolmoqchi. Bu haqda "Sun Sport" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Vardi yangi mavsumda boshqa jamoaga o‘tish yoki faoliyatini yakunlash haqida bosh qotirgan. Ammo "Lester"ning Chempionshipda tengsiz bo‘lishi va yana bir bor APLga yo‘llanma qo‘lga kiritilgani angliyalik futbolchining qarorlarini o‘zgartirib yubordi. Qayd etish lozim, Jeymi klubida qolish uchun Saudiya Arabistonidan kelgan mo‘may takliflarni ham rad etgani aytilyapti. 

Eslatib o‘tamiz, Vardi joriy mavsum Chempionshipning 34 bahsida 18 gol va 2 assist muallifi bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!