Jokovich bu borada Federerdan o‘zib ketdi

  • 15 fevral, 2022, 13:55
  • 0
  • Tennis

Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 tasida g‘alaba qozongan Novak Jokovich qatorasiga 85 xaftadan beri ATP reytingini boshqarib turibdi. Serbiyalik raketka ustasi umumiy hisobda 360 hafta davomida birinchi pog‘onani band qilgan.

Bu ko‘rsatgich borasida ikkinchi o‘rinni Roje Federer egallab turibdi. U 310 hafta davomida ro‘yxatni boshqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Tennis olamida Jokovich bu ko‘rsatkich borasida faqat Shteffi Graffdangina orqada. Graff umumiy hisobda 377 hafta 1-o‘rinni o‘ziniki qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!