Jon saqlash uchun kurashayotganlar yoxud Premer ligani qaysi jamoalar tark etishi mumkin?

  • 13 may, 2023, 06:20
  • 0
  • Futbol

Bugungi Premer ligada nafaqat Evrokuboklar uchun kurashadigan jamoalar soni, balki chempionatda qolishi uchun borini berayotganlar ham ko‘paydi. Liga tugashiga 3 ta tur qoldi. Ayrim klublarning qoldirilgan uchrashuvlari ham mavjud. Ammo Chempionshipga tushib ketishga yaqin jamoalarning barchasida 3 tadan o‘yin bor. Keling, dunyoning eng nufuzli turnirlaridan birida qolishga harakat qilayotgan klublarning imkoniyati va ularni oldinda kutib turgan sinovlar haqda gaplashamiz. 

"Nottingem Forest"

O‘zi Premer-ligaga chiqqaniga ko‘p bo‘lmagan "Nottingem Forest" yana o‘z joyiga qaytishi mumkin. Bu jamoa mavsum boshida butun bir tarkibni yangilaganini eslagan bo‘lsangiz kerak. Qishda ham klub tinchigani yo‘q. Biroq notingemliklar turnir jadvalida 16-o‘rinda 33 ochko bilan ketmoqda. Ular "Chelsi", "Arsenal" va "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi. "Aristokratlar" ozgina bo‘lsa ham o‘ziga kelib oldi. Har holda o‘tgan turda "Bornmut"ni 3:1 hisobida mag‘lub qildi. Arteta shogirdlari esa chempionlik uchun kurashda hali ham mavdud. Shunday ekan, bu o‘yinda ham Navas va uning do‘stlari juda ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi turdagi raqib - "Kristal Pelas". Roy Xojson kelganidan keyin klub 7 ta o‘yinning 4 tasida zafar quchdi.

"Nottingem"ning Premer-ligada qolish ehtimoli past. Agarda jamoa so‘nggi uchrashuvlarda qanaqadir qahramonlik ko‘rsatmasa, biz ularni keyingi mavsum Chempionshipda ko‘ramiz. 

Brentford form a team huddle prior to the Premier League match between Brentford FC and Nottingham Forest at Brentford Community Stadium on April 29,...

"Everton"

Mavsumning yana bir omadsizlaridan hisoblangan "Everton" o‘tgan yili ham ligadan tushib ketmaslikka harakat qilib, so‘nggi turlardagi irodasi orqali APLda qolgandi. Lempard jamoani o‘ziga keltira olishiga ko‘pchilik ishondi. Ammo "irislar" yana shu ahvolga tushdi. Angliyalik murabbiy  iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Shon Daych olib kelindi. 51 yoshli mutaxassis qo‘l ostida "Everton" 4 marta g‘alaba qozondi. Yo‘q, endi murabbiyni ishdan olib bo‘lmaydi. Liga tugashiga kam qoldi. "Liverpul"ning hamshahari turnir jadvalida 32 ochko bilan 17 o‘rinda bormoqda. Ularni "Manchester Siti", "Vulverxempton" va "Bornmut" bilan o‘yinlar kutyapti. Mersisaydliklar so‘nggi turda "Brayton"ga 5 ta gol urib, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ko‘payib ketgan bo‘lsa, ushbu bahslardan 6 ochko olishi mumkin. Bu qolish uchun yaxshi imkoniyatdir.  

James Tarkowski Vitalii Mykolenko Nathan Patterson Dwight McNeil and Alex Iwobi of Everton before the Premier League match between Brighton & Hove...

"Lester"

Bir paytlar Evrokuboklarga yo‘llanma oladigan "Lester" bugungi kunga kelib juda ayanchli ahvolda. Brendon Rojers o‘zi klubni yuqori darajaga chiqardi. Shu bilan birgalikda, "tulkilar"ni pastga tushishiga ham sababchi bo‘lib qoldi. Lesterliklarda 30 ochko mavjud va ular jadvalda 18-o‘rinni band qilib turibdi. Agarda Din Smit shogirdlarining taqvimiga nazar soladigan bo‘lsak, ularni naqadar og‘ir damlar kutayotganini bilib olamiz. "Liverpul", "Nyukasl" va "Vest Xem". Barchasiga ochkolar suv va havodek zarur. Mersisydliklar va "Nyukasl" Chempionlar ligasi uchun borini berib harakat qilyapti. "Vest Xem" esa "Lester" shogirdlari bilan bitta yo‘lda. Klubning 2012 yildan keyin birinchi marta Chempionshipga tushib ketish eh’timoli bor. 

Youri Tielemans of Leicester City looks dejected as they walk towards James Maddison after Carlos Vinicius of Fulham scores the team's second goal...

 

"Lids"

"Lids" ham "Everton" kabi o‘tgan mavsumda 17-o‘rinni egallab, Premer-ligada qolgandi. Jamoa yana shu holatga tushdi. O‘sha paytda qahramonlik ko‘rsatgan Marsh bu safar yo‘q. Uni faqat so‘nggi o‘yinlarga bosh murabbiylik qilish kerak shekkili, "Lids"ni bu mavsum boshqara olmay, ishdan bo‘shab ketdi. Uning o‘rniga kelgan "Big Sem" esa hali o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. "Lids" ayni payt turnir jadvalida 30 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. Klubni oldinda "Nyukasl", "Vest Xem" va "Tottenxem"ga qarshi bahslar kutib turibdi. "Lids"  yana qahramonlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Ammo endi buning iloji yo‘qdek ko‘rinmoqda.

Sam Allardyce, Manager of Leeds United, interacts with their side after the Premier League match between Manchester City and Leeds United at Etihad...

"Sautgempton"

Chempionshipga ravona bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatidagi so‘nggi jamoaga etib keldik. "Sautgempton"ning deyarli imkoni qolmadi. Agarda qanaqadir mo‘’jiza sodir bo‘lmasa, klub keyingi mavsumni qaerda o‘tkazishi deyarli aniq. Qiziqarlisi, rahbariyat 2 ta murabbiyni ketkazib yubordi. Klubning boshliqlari to‘g‘ri mutaxassis tanlay olmadi va "avliyolar"ni APLdan tushib ketishiga asosiy sababchilardandir. "Sautgempton"ning ochkolari soni 24 ta. Agarda jamoa 36-turda "Fulxem"ga mag‘lub bo‘lsa, rasman Chempionshipga yo‘l olgan bo‘ladi. Bizga juda ko‘plab yulduzlarni etishtirib bergan "Sautgempton" 9 yildan keyin Premer-liga bilan xayrlashmoqda. 

James Ward-Prowse of Southampton shows a look of dejection after Nottingham Forest score during the Premier League match between Nottingham Forest...

 

Ushbu 5 ta jamoadan 3 tasi Premer-ligadan tushib ketishi aniq. Ilk klub nomi ham deyarli ma’lum. Qolgan ikkitasini bilish uchun APLning so‘nggi turlarini o‘tkazib yubormaslik kerak. 

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!