Joshua: Uayt uni men kabi nokautga uchrata olmaydi

  • 21 avgust, 2020, 13:08
  • 0
  • Futbol

Olimpiya chempioni, 4 yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni Entoni Joshua Dillain Uayt hamda Aleksandr Povetkin o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jang haqida fikr bildirdi:

“Povetkin juda kuchli jangchi. U Olimpiada chempioni bo‘lgan. Faqatgina men va Klichko uni mag‘lub eta olganmiz. Dillian uni osonlikcha yutishni xayoliga ham keltirmasligi kerak. Bilaman, Uayt barchasini to‘g‘ri amalga oshirsa, buni uddalashi mumkin. Ammo unga aslo oson bo‘lmaydi”.

Og‘ir vazn toifasidagi Dillian Uayt – Aleksandr Povetkin jangi WBC yo‘nalishidagi vaqtinchalik chempion nomiga oydinlik kiritadi. Ushbu boks kechasi Toshkent vaqti bilan 23 avgust tongida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!