Joze Aldo: "Konor og‘zini yop!"

  • 3 aprel, 2023, 13:21
  • 0
  • MMA

Sobiq UFC chempioni Joze Aldo Jeremi Stivensga qarshi professional boks qoidalariga ko‘ra jang o‘tkazgandi. Ularning jangidan so‘ng, Konor MakGregor tvitterdagi sahifasida Aldo bilan boks jangi o‘tkazishi haqida yozgandi. Matbuot anjumani davomida Joze Konorning xabariga juda keskin javob qaytardi:

"Konorning og‘zi katta. U har doim juda ko‘p narsalarni gapiradi. U bilan allaqachon jangni rejalashtirilgandi. Konor, og‘zingni yop. Biz UFCda oldinroq jang qilishimiz kerak edi. Sen qochib ketding va endi hamon bo‘lmag‘ur gaplarni gapiryapsan”,- dedi Aldo.

Eslatib o‘tamiz, Konorva Aldo UFC turnirida to‘qnash kelgan va unda irlandiyalik muddatidan avval g‘alaba qozongandi. Ular o‘rtasidagi revansh haqida gap-so‘z bo‘lgandi, ammo o‘tkazilmagan. Aldo aynan revansh haqida so‘z yuritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!