K Liga. Uchchala hamyurtimiz ham asosiy tarkibda

  • 14 iyun, 2020, 14:07
  • 0
  • Futbol

Bugun K Ligada o‘z faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtlarimiz Rustam Ashurmatov va Doston Tursunovning o‘zaro qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishimiz haqida xabar bergan edik.

Sababi Doston Tursunov to‘p tepadigan "Busan Ay Park" klubi Gvangju shahrida Rustam Ashurmatovning jamoasi bilan kuch sinashadi. E’tiborlisi, har ikkala hamyurtimiz bugun boshlang‘ich tarkibdan o‘rin oldi.

Janubiy Koreya K-ligasi | 6-tur

14.06.2020 | 15:00

“Guangju” – “Busan Ay Park”


Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" jamoasi safarda "Degu" mehmoni bo‘ladi. Aliboev ham uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonda harakat qiladi.

Janubiy Koreya K-ligasi | 6-tur

14.06.2020 | 15:00

“Degu” – “Seul”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!